Qiroat haqida

Assalomu alykum dinimiz yo‘lida xizmat qilayotgan birodarlar. Agar nojoiz bo‘lsa uzr. Men O‘z TV 1 kanalida turkiya kino ijodkorlari so‘ratga olgan " Aziz Mahmud xudoiy yo‘li" degan film ko‘rgan edim . Unda mursalot so‘rasi va Yasin so‘rasining ayrim oyatlarini qiroati bor. Sizlardan iltimos xuddi shunday qiroat bilan o‘qiydigan qori nomini bilsangiz shu haqda ma‘lumot beringizlar. Men juda ham ta‘sirlanganman. Savolim noo‘rin bo‘lsa sizlardan kechirim so‘rayman. Oldindan katta rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom.Siz aytayotgan qiroat turk qorilaridan biriga tegishliligi qiroat uslubidan ma’lum, ammo qorining kimligini bilmayman. Mashhur turk qorisi Muhammad Amin Oyning qiroati ham shunga o‘xshaydi. Kerak bo‘lsa, internetdan izlasangiz topasiz.

3 May 2022, 21:28 | Savol-javoblar | 153 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar