Internet savdo va unga narx qo‘yish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Savolim shundayki: 1-https://savollar.islom.uz/s/57350 manabu manzilda savol yo‘llagan Sarvar akamizga, "Zikr ahlidan so‘rang" hay’ati tomonidan "Agar tarmoqli marketing yo‘li bilan savdo qilinsa shar’an savdosi joiz emas." deb javob berilibdi. Shunga yaxshi tushunolmadim. Masalan men ham Internet orqali chet eldan turli xil mahsulot sotib olib, pochtadan kelganida narx qo‘yib sotmoqchi edim, demak bu ishim joiz emasmi? 2-Yuqoridagilar agar joiz bo‘lsa, bir akamiz maslahat o‘rnida aytdilarki: Sotib olib kelgan tovaringni ustiga tan narxidan kelib chiqib, faqat ko‘pi bilan 10% qo‘yasan (masalan: 2500 so‘mga - 2750 so‘m) deb aytdilar va shu bilan birga bu 10% narx qo‘yish dinimizda belgilab yoki aytib qo‘yilgan deb ham o‘tdilar. Akamiz haqmilar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kimligingizni ochiq-oydin aytsangiz joiz. Masalan siz o‘sha mahsulot huzuringizda yo‘q mabodo buyurtma bersangiz olib keltirib beraman, xizmat haqi faloncha – deb aytsangiz joiz.
Qancha foyda qo‘yish haqida chegara yo‘q. Alloh har bir insonning qalbiga insof degan narsani bergan. Barkani ham shunga bog‘lab qo‘ygan. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 13:08 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar