Kitobdan tushunilmagan matn
Assalomu alaykum! Odoblar xazinasi kitobida ipak kiyim erkalar uchun xaromligi xaqida rivoyatda aytilishicha: Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallamga shoyi kiyimdan bir necha sidira keldi. Umarga bir dona yubordilar. Shunda u: buni qanday xam kiyaman? Siz u xaqda aytadiganingizni aytib qo‘ygansizku dedi. Men uni sen kiyishing uchun berganim yo‘q. Lekin sotsang yoki birovga kiygizsang bo‘ladi, delilar u zot. Savolim shundaki, harom qilingan aroq, sigareta va shunga o‘xshash narsalarni sotish va sovg‘a qilishni xarom deb bilaman. Buni xozirda sotadiganlar yoki sovg‘a qiladiganlarni xukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ipakni erkak kishiga sotmaydi. Ayol kishi kiyishi joiz. Siz aytgan narsalarni esa erkak ham ayol ham iste’moli joiz emas. Bularni orasida katta farq bor. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 11:57 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom