Jarrohlikdan so‘ng

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazganimga uch kun bo‘ldi. Qon kelishi hali to‘xtagani yo‘q. Tahorat qilsam  besh daqiqaga bormay buziladi. Shu vaziyatda nima qilish kerak? Namozni qanday o‘qiyman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz ushbu holat tuzalgunicha sohibi uzr hisoblanasiz. Tahoratni qilib, qon kelsa ham namozni davom ettiravering. Har namozga alohida tahorat oling. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:09 | Savol-javoblar | 141 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar