Hach kim eshitmasa taloq tushmaydimi?

Assalomu alaykum! Ustozlar, qo‘shnimni eri mast xolatda ayoliga 3taloq beribti. Taloq berayotganda yonida 2nafar norasidasi bor edikan va taloqni eshitib uyidan chiqmabti. Eri esa nima deganini slolmasmish. Ba’zi qorilardan so‘rashsa 3 kishi eshitmasa taloq tushmaydi deb, masjidda nikoh o‘qitsa bo‘ladi debdi. Qo‘shnini 2 nafar qizi bor, yana nikoh o‘qitib birga yashasa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Kim taloqni uch nafar odam eshitish kerak degan bo‘lsa noto‘g‘ri aytibdi. Er taloq qo‘yganini hatto xotini eshitmasa ham taloq tushaveradi. Erning og‘zidan chiqsa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:32 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar