Boshqa din vakilini uyida ishlash
Assalomu alaykum! Men 3 yildan ziyodki mana Isroil davlatida bir yahudiy odamni uyida ishlayman. Ishim shundan iboratki yahudiy keksa odamga qarayman. Shu erga kelib Alloh oldidagi o‘z insoniylik burchimni tushunib etyapman qo‘limdan kelganicha namozni o‘rgandim ibodatimni qilmoqdaman Allohga behisob shukur. Men uyida ishlaydigon kishi o‘z diniga judayam mahkam turvchi ibodatgo‘y kishilardan. Meni namoz o‘qishimga masjidga borishimga uyida Qur’on eshitishimga ro‘za tutishimga to‘sqinlik qilmaydi. Bir xil vaqtlar keladi u bilan birga uni etaklab ibodatxonaga oborishimga va ichkariga kirishimga ham to‘g‘ri keladi. Ayniqsa shom namozi vaqtida u ham kechki ibodatiga boradi men uni tashlab tezda uyga kelib shom namozini farzinigina o‘qib ketaman. Yaqindan beri ko‘nglimga qayg‘u tushdi qilayotgan ishim to‘g‘rimikan topayotgan maoshim halolmikan degan. Chunki shu erda ishlab Allohni yordami bilan singlimga uy qurib bermoqchiman. Hozir ishimni tashlab ketishniyam ketmaslikniyam bilmay qoldim. Menga maslahat berin qanday yo‘l tutsam to‘g‘riroq bo‘ladi va Alloh mendan rozi bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Davom ettiravering. Ibodatxonasiga olib borishlikda fuqaholar “Olib kelish joiz, lekin olib borish joiz emas” deganlar. Shomni o‘sha joyda o‘qisangiz ham bo‘ladi. Axloqingiz bilan namuna bo‘ling, ajabmas, hidoyatlanib qolsa. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 09:39 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom