Dorixanadagi bonus
Assalomu alaykum! Ovsinim dorixonada ishlaydi, shu savolni so‘rab berishimni iltimos qilgandi. Dorixonada firma dorilarini belgilangan miqdorda sotishsa, sotuvchilarga firma ularga sovg‘alar beradi yoki pul mukofoti beradi. Shu sovg‘alarni apteka sotuvchilari olishadi. Apteka xo‘jayini bundan xabari bor va e’tirozi yo‘q. Shu pul va sovg‘alar xarom emasmi? Yoki apteka xo‘jayinidan rozilik so‘rash kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Harom emas. Faqat bonus olish uchun nokerak dorilarni ham mijozlarga sotishmasa bo‘ldi. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 19:31 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom