Erning xiyonati

Assalomu alaykum! To‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishingiz umidida savol berishga yuzlandim. Savol o‘rinsiz bo‘lsa oldindan uzr so‘rayman. Lekin bu mening hayotim uchun juda muhim. Savolim turmush o‘rtog‘im bilan oila qurganimizga hali ko‘p bo‘lmay, bir axloqsiz ayol bilan yashab yurganlarini bilib qoldim. Qancha urinmay undan kechishlariga erisholmayapman. Zino qilib musulmonlarga man etilgan ishlarga qo‘l uryaptilar. Hattoki u ayolni deb men bilan zurryodli bo‘lishni ham hohlamayaptilar. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutay? Menga yo‘l ko‘rsating? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bunday erga sabr qilasiz va o‘zingizga jalb qilasiz. Aks holda ko‘chaga qarab ketib qolaveradi. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 13:31 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar