Masofadan o‘qish
Assalomu alaykum! 1). Masofada turib o‘qiladigan ya’ni online madrasa va islom universitetlarida o‘qish joizmi? 2). Ayollar hayz to‘xtagan yoki to‘xtamaganligi haqida ikkilansa nima qilish kerak? Oqlik kelgan yoki yo‘qligini tekshirib ikkilansa, aniq bilolmasa gumonda bo‘lgani aniq bilmagani sabab "Gumon aniq narsani ketkazmaydi" degan qoidaga to‘g‘ri keladimi? Ya’ni hali hayz to‘xtamadi deb hisoblashi kerakmi? 3). Ota-onani aynan har bir aytgan gapiga itoat qilish vojib bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Masofadan nima o‘qishlikka bog‘liq. Joizi ilm o‘qisa joiz, nojoiz ilm o‘qisa nojoiz.
2). Birorta bo‘lsa ham suyuqlik kelmayotgan bo‘lsa g‘uslni qilib namozni o‘qishni boshlash kerak. Mabodo keyin kelsa g‘uslni qayta qilib olaveradi.
3). Allohga osiy bo‘lmaydigan o‘rinlardagina itoat qilinadi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:31 | Savol-javoblar | 134 | Turli savollar