Kasbga doir savolim bor
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, sizga kasbga doir savolim bor. Men tibbiyot xodimiman, homilador ayollar bilan ishlayman. Ularni qon bosimlarini o‘lchash meni majburiyatlarimdan biri. Shunaqa holatlar bo‘ladi, qon bosimlari past yoki yuqori bo‘lib ketgan xollarda, ularga qo‘rqib ketib sog‘liklariga zarar etmasligi uchun, azgina o‘zgartirib aytishga to‘g‘ri keladi. Bu xolat menga yolg‘on gapirilganlik gunoxini orttirishimga sabab bo‘ladimi? Bu holatda nima qilishim kerak, qo‘rqib ketishi mumkin bo‘lsayam rostini aytganim ma’qul bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ularni taskin toptirish uchun yolg‘on gapirish shart emas. Iloji boricha, siz ularga rostini ham aytmang. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:08 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar