Masjid qurishda isrof

Assalomu alaykum! Nega masjidlarga rosa ortiqcha xarajat qilinadi bugungi kunda, bir masjid qurulushiga ketadigan xarajat hisobiga 3 ta o‘rtacha ekonom masjid qurish mumkin, shu masjidlarga ketadigan xarajatni extiyojmandlarni davolash mumkin, ko‘pchilik hozir juda katta mablag‘ talab qilinadigan jarrohlik amaliyotlariga muhtoj, ko‘pchilik shuning oqibatida hayotini yo‘qotmoqda, bu isrofga kiradimi? masjidni oddiy qurib qolgan mablag‘ni yuqoridagi kabi tasarruf qilsa xursand bo‘lmasmikan ajabo? Bundan tashqari moliyaviy yordamga muhtoj boshqa ehtiyojmandlar ham talaygina! Masjid rosa qimmat va hashamatli ammo namozxon shu masjidni 10% qismini to‘ldirmaydi. Juma namozida esa 50% to‘ladi maksimum! Bu meni ojizona qarashim, biz namozxon bo‘la turib isrofni bilmasak boshqalarga gapirib bo‘lmas!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri. Masjid quramiz deb masjidni asl binosiga ishlatish mumkin. Qimmatbaho qandil, bizni masjiddan boshqasida topilmasin deb alohida qimmatbaho gilam olish, tillo suvlari yuritish uchun ommadan to‘plangan pulni ishlatish joiz emas. Chunki bu shariatda isrof darajasiga kiradi. Birortasi o‘zining yonidan olib bersa joiz. Qoida bo‘yicha masjidning holi o‘rtaxol insonning uyi holidan oshmasligi ham undan kam ham bo‘lmasligi kerak. Uzoq muddat xizmat qilishi uchun toshlar va puxta materiallardan foydalanish mumkin. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 12:15 | Savol-javoblar | 169 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar