Onam qilgan ish gunoxligini bilganimda kech bo‘lgan edi
Assalomu alaykum! 13 yoshligimda qo‘shni amakimizi xotinlari tilla uzugini yo‘qotib qo‘yadi. Uning uyiga ko‘p kirib chiqib yurganim uchun mendan sen olmadingmi deb so‘raydi. Bu onamga og‘ir botadi va natijada bir yildan keyin qizchasi yana bir uzugini o‘ynab yurganda tashlab ketadi. Buni onam ko‘rib o‘tgan yilgi alam ustida olib qo‘yadi va buvam rahmatliga berib ketadi. Buvam o‘lishidan avval uni menga qoldiradi men u uzukni extiyojim yo‘lida ishlatib yubordim. Bu noto‘g‘riligini kech tushundim, endi nima qilsam bo‘ladi? Egasiga qaytarib beray desam onam maxallada uyatga qoladi yoki nomidan exson qilaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘ziga qaytarib berishingiz shart. Onangiz olganini aytishingiz shart emas. Boshqaga ehson qilishingiz o‘tmaydi. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 23:01 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar