Epidemiyada majburlikdan ishlash

Assalomu alaykum! Xozir butun jaxon bo‘yicha pandemiyani xisobga olib uydan chiqmaslik talab qilinmoqda. Bu xolda xadislar xam bor. Ro‘zg‘orga oziq-ovqat olish uchun kunlik ishlab kelardim. Qarindosh, yaqinlar yo‘q yordam beradigan. Aksincha ular yordamga muxtoj. Musulmon odam birovga xam o‘ziga oila a’zolariga zarar etkazmay tirikchilik qilish uchun shariatda nima qilish lozim? Ko‘chaga chiqib sanitariya qoidalarini buzmay ishlash joizmi? Yana bir misol agar bir oylik ro‘zg‘ori bo‘lib turib o‘lim xavfi bor, tirikchilikga chiqsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shuning uchun hadislarda sabr qilganga shahidning ajri beriladi deyilgan. Haqiqatan hech narsasi bo‘lmasa chiqishi joiz. Afzali shu holatini kimgadir izhor qilinsa albatta bizni xalqimiz yordamsiz qoldirishmaydi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 01:02 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar