Otamni pullari
Assalomu alaykum! Otajonim qazo qildilar (Oxiratlari obot bo‘lsin iloxim) Otajonim xayotliklarida nafaqa pullaridan manga pullarini berib qo‘yardilar. Sanga turib tursin deb kerak paytlari olardilar. O‘shandan 2 milyon qolgandi, keyin afsuski qazo qildilar, keyin o‘sha puldan akamga 1milyonini berdim. Otamni o‘limliklariga ishlatdilar, qolganini kichkina ukam “berib yotmang kerakmas. Otamni puliga siz xam xaqlisiz” deydi. Bermasam u pul mani bo‘ynimga qarz bo‘lib qolmaydimi? Man turmushga chiqqanman. Yoki pulni uydagilarga beraymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Otadan qolgan mayka, ro‘molcha, hatto hayotligida ichgan va qoldirgan dorilari ham meros hisoblanib, hamma merosxo‘rlarning unda haqqilari bo‘ladi. Sizda ham qolganlar ham hamma pul va narsalarini o‘rtaga tashlab shariatga muvofiq taqsim qilib olish kerak. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 18:32 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar