Jamoat namozi yoki kechki ovqat

Assalomu alaykum! Yaqinda bir ma’lumot o‘qidim. Noto‘g‘ri tushungan bo‘lsam oldindan uzur so‘rayman. Unda aytilishicha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning "Agar kechki ovqat namoz paytiga to‘g‘ri kelib qolsa, birinchi kechki ovqatni tanovul qilib keyin namozni ado qilish kerak" ma’nosidagi xadislari bor ekan. Lekin, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xufton namozini jamoat bo‘lib o‘qishlikda juda katta savob borligi va bunga buyurganliklari haqidagi xadislarini ham ko‘p eshitganman. Agar kechki ovqat aynan jamoat namozi vaqtiga to‘g‘ri kelib qolsa, qanday yo‘l tutgan yaxshi, oila bilan birga kechki ovqat qilishmi yoki jamoat namoziga borishmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U vaqtdagi qorni ochlar bilan hozirgi kundagilarni farqi bor. Hozirgi kunda xuftonni jamoat bilan o‘qinglar. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 14:04 | Savol-javoblar | 156 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar