Sherikchilikdagi issiqxonadan ushr berish
Assalomu alaykum! Biz sherikchilik asosida issiqxona qurganmiz, xarajatlar tengma-teng, daromadlar ham teng ikkiga bo‘linadi. 3 yildan buyon pomidor ekamiz. Ekinlar nasosda quduqdan suv tortib sug‘oriladi, shuning uchun etishtirgan mahsulotimizni sotganimizdan so‘ng o‘z ulushimizdan ya’ni 50% daromadning 20/1 qismini ushr qilib beramiz. Sherigimizga ham har yili daromadning 50%ni berib, 20/1 ni ushr qilib berish kerakligini aytamiz, lekin majburlay olmaymiz, sherigimiz ushrni berish- bermasligini bilmaymiz. Shu holatda ushbu sherigimiz bilan ishlashimiz to‘g‘rimi? 2) Agar sherigimiz ushrni bermayotgan bo‘lsa, shu sababdan keyingi yilgi umumiy hosilga zarar etishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). To‘g‘ri. 2). Alloh biladi, uni berishga majburlash vazifangiz yo‘q. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 21:46 | Savol-javoblar | 171 | Zakot
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). To‘g‘ri. 2). Alloh biladi, uni berishga majburlash vazifangiz yo‘q. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 21:46 | Savol-javoblar | 171 | Zakot