Rux va folbinlar
Assalomu alaykum! Bir tanishimni otasi olamdan o‘tgan shu tanishimning onasi samarqand viloyatiga boribti u erda xalq tanidigan folbinmi yo bir shunga o‘xshash Allohdan qo‘rqmidigan kishi bor ekan olamdan o‘tgan otasi bilan gaplashtiraman debti men unga aytdim bu ish yomon gunox desam tushunmadi. Yo‘q rostini aytdi folbin deb tasdiqladi. Buni hukmi qandey bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Folbinga borib, uning aytganini tasdiqlagan kishining iymoniga putur etadi.عَنْ بَعْضِ أُمُّهَاتِ الْمُؤمِنِينَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُنَّ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ أَتَى عَرَّافًا فَسَأَلَهُ عَنْ شَيْءٍ لَمْ تُقْبَلْ لَهُ صَلاَةٌ أَرْبَعِينَ لَيْلَةً. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَحْمَدُ وَلَفْظُهُ: مَنْ أَتَى عَرَّافًا أَوْ كَاهِنًا فَصَدَّقَهُ بِمَا يَقُولُ فَقَدْ كَفَرَ بِمَا أُنْزِلَ عَلَى مُحَمَّدٍ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ Mo‘minlarning onalari roziyallohu anhunnaning ba’zilaridan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim arrofga kelib undan biror narsa haqida so‘rasa, uning namozi qirq kechagacha qabul bo‘lmas», dedilar».
Muslim va Ahmad rivoyat qilgan. Ahmadning lafzi:
«Kim arrofga yoki kohinga kelib uning aytganini tasdiqlasa, batahqiq, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil bo‘lgan narsaga kufr keltiribdi».
Sharh: Haqiqiy mo‘min uchun qirq kunlik emas, bir mahal namozini qabul bo‘lmay qolishi ulkan musibatdir. Bu musibat faqatgina folbinga borib undan bir narsa haqida so‘rashning jazosidir. Uning aytganiga ishonadimi yo‘qmi, farqsizdir.
Ammo kim folbinga borib uning aytganini tasdiqlasa, kufrga ketgan bo‘lar ekan. Allohning O‘zi asrasin.Bu uch narsa og‘ir gunohdir. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
9 May 2022, 22:19 | Savol-javoblar | 168 | Aqiyda