Go‘shtdan shubhalanish
Assalomu alaykum! 1. Hozirda chet elda yashayapmiz. O‘zbeklar ham bor ekan. Qurbon hayiti arafasida bir o‘zbek aka turmush o‘rtog‘imga qurbonlik go‘shti deb go‘sht beribdi. Ko‘rinishidan mol go‘shtiga o‘xshaydi, qoni ham yaxshi ketkizilmagandek, yuvsam qizil suv chiqadi. Shu go‘shtni shubhalanmay esak bo‘ladimi? Bu kishi turmush o‘rtog‘imni juma bilan tabriklab ham turarkan. 2. Turklar halol deb sotayotgan, o‘zlari so‘ygan mol-qo‘y go‘shtidan foydalanyapmiz. To‘g‘ri qilyapmizmi? Eb- ichayotgan narsamizga judayam ehtiyot bo‘lishga harakat qilyapmiz. Har narsadan shubhalanaveraman. Har narsani(non, pechene, kofe, slivka) tarkibini o‘qiyveraman. Ba’zida ortiqcha qilib yubormayotganmikinman deb o‘ylayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon bo‘lsa ikkilanmang. Halol deb aytishsa ikkilangmanglar. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 07:35 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon bo‘lsa ikkilanmang. Halol deb aytishsa ikkilangmanglar. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 07:35 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom