Hammom bug‘lanish issiq suv

Assalomu alaykum! Ma’lumki hozirgi kunda isitish tizimlarida pol ostiga shlang yotkizib, ichida issiq suv aylanib xonani isitishdan foydalanilyapti. Bunda pol isiydi. Bu tizimdan hammomlarda ham foydalaniladi. Savol: Hammomda ustimizdan quyilgan suv bizdagi janobatni va nopokliklarni yuvib tushadi, tushgan suv esa issiq polga tushib yana bug‘lanib yuqoriga ko‘tariladi. Bu faqat pol isitish tizimlaridagina emas, balki har qanday issiq suv pol yuzasiga tushganda ham bug‘lanaveradi. Bu bug‘langan suv tomchilari bizni poklanishimizga zarar etkazmaydimi? Agar zarar etkazsa biz bu holatda qanday yo‘l tutishimiz mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zarar etkazmaydi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 15:46 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar