Javob, ketsang ketaver
Assalomu alaykum! Men yaqinda ayolim bilan ozroq tortishib qoldik, shunda u siz bilan yashamayman ketaman dedi, man "Javob, ketsang ketaver dedim". Lekin ajralishni hech ham niyat qilmaganman. Faqat oila masuliyatini sezdirish va qo‘rqitish niyatida aytganman. Ya’ni siz bilan yashamayman degan so‘zini boshqa aytmasligi uchun qo‘rqitish niyatida. Keyin yarashib ketdik. Shu holatda taloq tushganmi? Agar tushgan bo‘lsa qanday taloq tushgan? Qayta nikohlanishimiz zarurmi yoki jahldan tushganligimiz va murosaga kelganimizning o‘zi etarlimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Talog‘ini so‘raganida “javob, ketsang ketaver” deyish taloqqa dalolat qiladi. Sizlar o‘zingizga yaqin joydagi taloq ilmini yaxshi biladigan biror ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 11:32 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush