G‘uslda vasvasa
Assalomu alaykum! G‘uslda tananing hama qismiga suv etkazish muhim. Men g‘usl qilsam 2 marta qilmagunimcha ko‘nglim to‘lmayapti shaytondi vasvasasiga kirib qo‘yyapman bugun g‘uslni 1 marta qilib 2-sini tugatyatkandim shunda avratimni yuvayotkandim shunda avratimde suv poklanyotgan suvimga tushdi. G‘uslni boshlashdan oldin najosatlarni ketkazib tahorat oldim shuning uchun bunga e’tibor bermasdan g‘uslni tugatim keyin yana shayton vasvasa qila boshladi. Hozir ko‘nglim g‘ash, hayolimga san najosat tushgan suvda g‘usl qildin deb yomon hayollar ketmayapti. Kiygan kiyimlarimam najosat bo‘ldi deb ko‘nglim halovatini yo‘qotdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! G‘uslni ikki marta qilmay, bir martada mukammal qilishga harakat qilish kerak. Bu ham g‘uluv bo‘ladi. Vasvasaga berilmang. Sizning holatingizdagi najosat deyapgan suvingiz fiqhda “ishlatilgan suv” deyiladi. O‘zingiz aytganingizdek oldin najosatni yuvgan bo‘lsangiz, bu suv “o‘zi pok, lekin poklovchi emas” hukmida bo‘ladi. U g‘usl suviga tushishi bilan uni najosat qilmaydi. Vasvasadan xalos bo‘lish uchun quyidagi duoni ko‘p o‘qing. اللهــــم اجعل وساوس قلبــــي خشيتك وذكرك ...واجعل همتــــي و هواي فيما تحب و ترضى Allohummaj’al vasaavisa qolbii xoshyataka va zikrok, vaj’al himmatii va havaaya fii maa tuhibbu va tardoo. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 13:09 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar