Xolislik

Assalomu alaykum! Men taksi haydovchisiman, bugun DAN xodimi to‘xtatdi va bir qoida buzgan kishi bayonnomaga qo‘l qo‘yishdan bosh tortib turganligi sababli menda holis bo‘lishligimni so‘radi. Men unga ko‘rmadimku desam u «siz guvoh emas xolis bo‘lasiz» dedi. Yani faqat imzo chekishdan bosh tortayotganini ko‘rgan xolis inson sifatida qo‘l qo‘yib berishimni so‘radi. Bu ish qanchalik to‘g‘ri? Meni qilgan ishimdan vijdonim qiynalyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu narsa guvohlikka kiradi. To‘g‘ri guvohlik bergan bo‘lsangiz zarari yo‘q. Aksincha bo‘lsa, yolg‘ondan guvohlik berish gunohi kabira hisoblanadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:08 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar