Yahtak va shunga o‘hshash ichi ko‘rinadigan kiyimlar haqida
Assalomu alaykum! Yozning issiq kunlarida yahtak va shunga o‘hshash ichi kurinadigan kiyimlarni kiyish avj oladi. Lekin shaffofligi bois tana a’zolarini namoyon qiladi. Shim yoki pastki kiyimi erkak avratini yopsa ham, ba’zan shimlar ham kindik ostidan pastroqqa tushib, yahtak kiyim esa kishining egnida turgani bilan, avratni oshkor qiladi. 1. Shunday kiyimlarni erkaklar kiyib chiqishi, ko‘chalarda shu kiyimlarda yurish, ibodatlarni ham jamoatda shu holicha o‘qishga qanday qaraladi? 2. Shim va boshqa pastki kiyimlar avratni yopsa ham, ichi ko‘rinadigan kiyimning o‘zi bilan namozni o‘qishning (ichi ko‘rinadigan kiyim kiyimsiz hukmida bo‘lsa) hukmi qanday? 3. Shunday kiyimda, avrati ochiqligida gaplashish to‘g‘ri bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Erkak bilan erkak orasidagi avrat chegarasi kindik ostidan tizzaning ostigacha. O‘sha avrat hisoblangan erlarni boshqalarga ko‘rsatish harom amal hisoblanadi. Kiyimda ikki shart bo‘ladi. Biri ichi ko‘rinadigan darajada shaffof bo‘lmasligi ikkinchisi a’zolarni bo‘rtib ko‘rinadigan darajada tor bo‘lmasligi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 17:08 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar