Juma namozini vaqtdan keyin o‘qish

Assalomu alaykum! Biz hozir Janubiy Koreyada o‘qiyapmiz. Bizni darslarimiz har kuni soat 1yarimgacha bo‘ladi. Bizni yashayotgan shaharda masjid bor u erda juma namozi 12.40da o‘qiladi. Biz o‘qishda bo‘lganligimiz uchun juma namoziga ulgurolmayapmiz. Yotoqxonamizda 3-4ta musulmon o‘quvchilar dars tugagandan keyin 2lar atrofida juma namozini birgalikda o‘qishadi. Mening savolim ular to‘g‘ri ish qilishyaptimi yani masjidda juma namozi 12.40da o‘qiladi ular 2da o‘zlari jamoat bo‘lib, yotoqxonada yoki masjidga borib juma namozini o‘qishlari to‘g‘rimi? Biz ham shunday qilsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Unday qilishmasin. Juma namozini Alloh farz qilgan. Imkonini qilib jamoat bilan o‘qinglar. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 04:46 | Savol-javoblar | 153 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar