Ilmni bahona qilib zakot bermasa
Assalomu alaykum! Mening bir do‘stim chet elda talaba, 1 yilda 15000$ maosh oladiyu zakot bermaydi. Aytishicha ilm olish zakotdan afzal ekan, savobi ko‘p yozilar ekan. Shu to‘g‘rimi? Qaysi biri afzal?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zakot berish farz amal. Ilm olish ham. Shuning uchun ikkisini ham qilish kerak. Farzlarning savobi ko‘pini qilib, savobi kamini qilmasa bo‘ladi degan gap yo‘q. Farz amallarni hammasini qilish shart. Qilmagan kishi gunohkor bo‘ladi. Puli nisobga etsa, zakot berish farz. Zakotga qodir bo‘laturib bermasa gunohi og‘ir bo‘ladi.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ آتَاهُ اللهُ مَالًا فَلَمْ يُؤَدِّ زَكَاتَهُ مُثِّلَ لَهُ مَالُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ شُجَاعًا أَقْرَعَ، لَهُ زَبِيبَتَانِ، يُطَوَّقُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، ثُمَّ يَأْخُذُ بِلِهْزِمَيْهِ، ثُمَّ يَقُولُ: أَنَا مَالُكَ، أَنَا كَنْزُكَ، ثُمَّ تَلَا ﮋوَلاَ يَحْسَبَنَّ الَّذِينَ يَبْخَلُونَ بِمَا آتَاهُمُ اللّهُ مِن فَضْلِهِ هُوَ خَيْرًا لَّهُمْ بَلْ هُوَ شَرٌّ لَّهُمْ سَيُطَوَّقُونَ مَا بَخِلُواْ بِهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَمُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ وَالنَّسَائِيُّAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kimga Alloh molu dunyo bersa-yu, zakotini ado qilmagan bo‘lsa, qiyomat kuni u unga ko‘zoynakli ilon bo‘lib ko‘rinadi. Uning ikki qoziq tishi chiqib turadi. U qiyomat kuni bo‘ynidan bo‘g‘ib oladi. So‘ng ikki jag‘ suyagidan tishlab turib: «Men sening molingman! Men sening to‘plagan xazinangman!» deydi», dedilar, so‘ngra «Alloh ularga O‘z fazlidan bergan narsada baxillik qilganlarga uni yaxshilik deb hisoblamanglar. Aksincha, ular uchun yomonlikdir. Qiyomat kuni baxillik qilgan narsalari bilan (bo‘yinlari) o‘ralur» oyatini tilovat qildilar».
Buxoriy, Muslim, Termiziy va Nasoiy rivoyat qilgan.
Sharh: Demak, zakotni ado qilmaganlar uchun faqat bir xil emas, balki turlicha azoblar bo‘lar ekan. O‘shalardan biri ushbu hadisda vasf qilinmoqda.
Zakotni bermagan odamlarning qiyomat kunida azoblanishlari oyati karimalarda ham turlicha ifoda etilgan ekan. Alloh taoloning O‘zi saqlasin! Doimo zakotni o‘z vaqtida ado etib yurishimizni nasib etsin!
Bu zikr qilingan narsalar zakotning farzligini tan olib turib, bermagan kishilarga Islom dini tomonidan belgilangan oxirat azoblaridir. Zakotning farzligini inkor qilgan kishi murtad sifatida qanday ahvolga tushishi haqida avval batafsil gapirib o‘tganmiz.
Islom dini zakotni bermaganlar uchun faqat uxroviy jazo belgilash bilan kifoyalanib qolmagan. Balki ular bu dunyoda ham tortadiganlarini tortishlari mumkin. Bu dunyoviy uqubatlar ham bir necha xil bo‘ladi. Ba’zilari Alloh taolo tomonidan balo-ofatlarni yog‘dirish orqali ham keladi.
Imom Tobaroniy, Hokim va Bayhaqiylar rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Qaysi bir qavm zakotni bermasa, albatta, Alloh ularni qahatchilikka giriftor qiladi», deganlar.
Kambag‘allarning haqqini poymol qilgan har qanday jamiyat ana shu ofatga loyiqdir. Och-nahor yurgan kishilarning haqqini bermagan boylarning o‘zlari ham qahatchilikka uchrab, noiloj holga tushishlari, och-nahor qolishlari mumkin. Hozirgi kunda ba’zi yurtlarda ocharchilik-qahatchilik bo‘lib turgani ham bejiz emas. Ana shu yurtlarda bo‘layotgan qahatchilik boshqalarga saboq bo‘lishi lozim.
Imom Ibn Moja, Bayhaqiy, Bazzor va Hokimlar Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Mollarining zakotini bermasalar, albatta, osmondan yomg‘ir yog‘mas», deganlar.
Demak, ba’zi yurtlarda bo‘lib turgan qurg‘oqchiliklar ham bejiz emas. Bu hodisalar ham beva-bechora, kambag‘al-miskinlarning haqqini poymol qilgan jamiyatlarda yuzaga keladi.
Imom Buxoriy, Imom Shofe’iy, Imom Bayhaqiylar rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Qaysi molga sadaqa-zakot aralashgan bo‘lsa, albatta, uni buzadi», deganlar. Ya’ni, zakotini bermasa ham, boy bo‘la turib, zakot olib, moliga qo‘shib olsa ham o‘sha zakot molning hammasi qirilib ketishiga sabab bo‘lar ekan.
Mollari tez-tez halokatga uchrayotgan kishilarni ko‘rganimizda bu ish bekorga bo‘lmayotganini o‘ylab, xulosa chiqarishimiz hamda molimiz nisobga etishi bilan darhol zakotini bermog‘imiz kerak.
Yana shuni unutmaslik kerakki, zakotni bermaydiganlarga shariatimiz tomonidan belgilangan jazo ham bor. Bu jazo Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflaridan birida o‘z aksini topgan.
Imom Nasaiy, Imom Ahmad, Imom Abu Dovud va boshqalar Muoviya ibn Xayda roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Kim u(zakot)ni ajr tilab bersa, unga ajr bor. Kim uni man qilsa, albatta, biz ham uning molining yarmini olamiz. Bu Robbimizning azimatlaridan biridir. Oli Muhammadga undan biror narsa halol bo‘lmas», deganlar.
Ushbu hadisi sharifdan quyidagilar tushuniladi:
Musulmon kishi molining zakotini ajru savobdan umidvor bo‘lib, berishi kerak.
Zakotini bermagan odamning zakoti va unga qo‘shimcha ravishda molining yarmi ham islomiy hukumat tomonidan olinib, zakotga haqdorlarga tarqatiladi.
Zakot yoki u sababli olingan mol Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ahli baytlariga halol bo‘lmaydi. Shuningdek, zakot olishga haqqi yo‘q bo‘lgan boy kishilarga ham halol bo‘lmaydi. Bu mol faqir-fuqaro, bechora kambag‘allarnikidir.
Gohida bir-ikki kishi emas, butun boshli qavm, qabila yoki yurt zakotini bermay qo‘yishi ham mumkin. Bunday holatda zakotning kuch bilan olinishiga qarshi qurol ko‘tarib chiqishlari ham mumkin. U holda qanday chora ko‘rilishi kelasi hadisda bayon qilinadi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 13:18 | Savol-javoblar | 173 | Ibodatlar