Internet materiallardan foydalanish
Assalomu alaykum! Men internetdagi materiallardan va rasmlardan foydalanib o‘qituvchilar uchun dars o‘tishda foydalanish uchun ko‘rgazmalar tayyorlab sotmoqchiman. Bu ishni halol ish emas deb qilmoqchi emas edim, lekin gazetalar va jurnallarda ham internet materiallar va rasmlardan foydalanishganligini ko‘rgach hozir ikkilanib qoldim. Hozirda internetda materiallar va rasmlardan foydalanganimiz uchun mablag‘ ishlab topishmoqda yoki beg‘araz yordam sifatida materiallar joylashtirishmoqda. Men ham chop etganlarimga "Internet materiallaridan foydalanildi" degan yozuvni qo‘shib qo‘yib chop etsam bo‘ladimi? Shuningdek, chet el saytlarida chet tillarini o‘rganishga moslashgan turli mashqlar mavjud. Ularni ham ham olib tartiblagan holda, "Internet materiallaridan foydalanildi" degan yozuvni qo‘shib qo‘yib chop etib sotsam joiz bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gazeta jurnallarda borligi yoki "Internet materiallaridan foydalanildi" deb yozib qo‘ysa joiz bo‘lib qolmaydi. Agar pullik rasmlar yoki ko‘chirish uchun egasining roziligi shart qilingan narsalarni ruxsatsiz internetda olishingiz joiz bo‘lmaydi. Muallif huquqlariga rioya qiling. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 16:23 | Savol-javoblar | 169 | Moliya va tijorat