Bismillahni unutsa
Assalomu alaykum! Agar Bismillohni aytish esdan chiqsa, Avvalohu Bismilloh deysan deyishdi. Shu to‘g‘rimi? 2). Keng(klyosh) avratni bilintirmaydigan shim kiyish erkaklar kiyimiga o‘xshab qolmaydimi, ya’ni gunoh bo‘lmaydimi? 3). Namozni vaqtida boshlash muhim agar vaqtidan 5-6minut o‘tib ketsa ham qazo bo‘lmaydi Deb eshitdim shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). To‘g‘ri. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: إِذَا أَكَلَ أَحَدُكُمْ فَلْيَذْكُرِ اسْمَ اللهِ، وَإِنْ نَسِيَ أَنْ يَذْكُرَ اسْمَ اللهِ فِي أَوَّلِهِ فَلْيَقُلْ بِسْمِ اللهِ أَوَّلَهُ وَآخِرَهُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qachon birortangiz taom esa, Allohning ismini zikr qilsin. Agar avvalida Allohning ismini zikr qilishni unutib qo‘ysa, «Bismillahi avvalahu va axirohu» desin», dedilar».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Ba’zan taom tanovul qilish paytida inson shoshilib, «Bismillah»ni aytish esidan chiqib qoladi. Bir oz eganidan keyin «Bismillah»ni aytmagani esiga tushib qoladi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ushbu hadisi shariflariga binoan, ana shunday vaqtda «Bismillahi avvalahu va axirohu» demog‘i lozim. Bu jumlaning ma’nosi «avvalida ham, oxirida ham Bismillah» degani bo‘lib, taomning barakasini qaytaradi va unga shayton sherik bo‘lishini qirqadi. (“Hadis va Hayot” kitobidan).
2). Ayollarga atalib tikilgan va keng, ichi ko‘rinmaydigan bo‘lsa joiz.
3). Bamdoddan boshqa har bir namozning vaqti keyingi namozni vaqti kirgunicha bo‘ladi. Bamdodning oxirgi vaqti esa quyosh chiqqunicha. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 19:29 | Savol-javoblar | 184 | Duolar