Hijobsiz tushgan rasmlar

Assalomu alaykum! Qiz bola hijobga kirishidan oldin tushgan rasmlarini o‘chirtirib yuborish uchun o‘sha rasmlar saqlanayotgan kursdoshiga murojat qilgan, lekin u kursdoshi o‘sha rasmlarni o‘chirishni rad qilsa, o‘sha qiz qanday yo‘l tutishi kerak? Bilamizki, muslimalar o‘z rasmlarini ko‘z ko‘z qilishlari mumkin emas va bu gunoh, lekin u qiz hozir hijobda va bu rasmlari uchun afsusda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tavba qilishi kerak. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 19:39 | Savol-javoblar | 173 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar