Jismoniy tarbiya
Assalomu alaykum! Jismoniy tarbiyachi bo‘lish shariyatda joizmi? Masalan maktab va shunga o‘xshash joylarda sportdan dars o‘tib haq olishlik joizmi? 2. Qanday sportlarda dars o‘tib pul olish joizm emas?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Shariyatimizda sport bilan shug‘illanish muhim ahamiyatga ega.Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom: «Kuchli mo‘min Alloh huzurida kuchsiz mo‘mindan yaxshiroq va mahbubroqdir», deganlar. Bu hadisi sharifdan kuchli, chiniqqan bo‘lishning naqadar afzalligini tushunib olamiz.Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom o‘z ayollari Oisha onamiz bilan yugurish bo‘yicha musobaqa qilganlarida ortda qolganlar. Keyinroq, Oisha onamiz birmuncha to‘lishibroq qolganlarida yana bir marta musobaqalashganlarida Payg‘ambarimiz o‘zib ketganlar. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam: «Avvalgisi bilan biru bir bo‘ldi», deganlar.Shuningdek, u zotning o‘zlari yosh bolalar o‘rtasida yugurish bo‘yicha poyga uyushtirganlari haqida rivoyatlar bor. Bundan tashqari, muhim topshiriqlarni bajarishni ixtiyor qilgan yosh sahobalarni avval kurashtirib ko‘rib, kim g‘olib chiqsa, o‘shanga sharafli yumushni topshirganlar.2. Shariyatimizda qaytarilgan yuzga urish, sherigiga ozor beriladigan sportlar bilan shug‘illanish ham, o‘rgatish ham joiz emas. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 19:50 | Savol-javoblar | 135 | Turli savollar