Onamga qattiq gapirdimmi?

Assalomu alaykum! Alloh rozi bulsin kilyatgan ishlaringlardan! Savolim shundayki : Alxamdulilyax ibodatdamiz oilaviy. Allohga shukur, domlalar guzal ma’ruzalar bilan bizlarni foydamizga eslatmalar kilib, shariat buyicha savollarga javoblar berib kelishadi. Kuplar ma’ruzalarda eshitganman ribo xakida. Onajonimga xam aytganman, bir ikki ma’ruzaxam kuyibxam berganman. Lekin shunga karamay Onam kuni kecha Bankdan kredit olib kuyibdilar. Sababi oldin biz uy sotgan edik boshka uy olganmiz xullas bu xolat bir yil ichida bolganiga oldi sotdi bulgandan keyin solig ga ma’lumot boradiyu daromad soligi chikazib kuygan edi 5.000.000 sum ochigini aytganda uyda uzim boshman oilada, dadamiz borlar, biz ikkinchi oilamiz, bizga uncha adolat kilmaydilar, Alloh uzi kechirsin. Sharoitimiz ogir, bu pulni tolay olmadik. Penya tugib 6.000.000 sumdan oshib ketdi. Majburiy ijro onamni ishxonalariga kelib bezovta kilaverib xar xil gaplar bilan bosim kilibdi. Bu xolatni man kredit nimaga oldingiz deganimda aytib berdilar. Kattigrok gapirvordim shekelli, Alloh kechirsin. Chunki kurkaman eshitgandim. Riboga aralashgan kii misli Allohga kilich kutargandek deb. Shunga kattig gapirdim. Ok bulib kolmadimi? Kilgan ishim noto‘g‘rimi? Alloh kechirmaydigan ishlardan biri emasmi bizni xolatimiz? Imkon topilib kolsa karz olib bolsaxam kreditni tezda yopaylikmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Muddatidan o‘tkazib yubormay yoping. Onangizga yaxshi gap ayting. Qo‘pollik qilmang. Rozi bo‘lsalar, kifoya. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 04:55 | Savol-javoblar | 173 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar