Telefondagi diniy dasturlar

Assalomu alaykum! Telefonimda Qur’on tarjimalari va zikr va duolar kitobi (dasturi) bor edi. Shunda telefonni ham toza joyda ishlatib, toza qo‘l bilan ushlash kerak bo‘ladi. Men hayolimdan ko‘tarilib telefonimni hammomga olib kiribman. Bu juda ham yomon ish bo‘ldi. Endi men nima qilishim kerak? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yopiq bo‘lsa, zarari yo‘q. Imkon boricha ehtiyot qilganingiz yaxshi. Cho‘ntakda bo‘lsa, kirish joiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 03:39 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar