Haromni olib kelmasa oq qilsa

Assalomu alaykum! Bir tanishim bor. Uni otasi sal ichkilikka berilgan. Bir kuni otasi mast holda o‘g‘liga aroq olib kelishni aytdi. Lekin tanishim rozi bo‘lmadi. Otasi oq qilish bilan tahdid qildi lekin baribir tanishim bu harom bo‘lgani uchun rozi bo‘lmadi. Shunda otasi mast holda o‘g‘lini oq qilib yubordi. Shundan beri u hotirjam emas. Savolim shuki, uni otasi o‘g‘lini mast holda oq qilib yubordi, bu qilgan oqi qabul bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haromga buyursa, ota-onaga itoat qilinmaydi. Agar oqq qilsa, o‘tmaydi. عَنِ الْحَسَنِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ  صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: لَا طَاعَةَ لِمْخْلُوقٍ فِي مَعْصِيَةِ الْخَالِقِ. رَوَاهُ ابْنُ أَبِي شَيْبَةَ. (متفق عليه)Hasandan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Xoliqning ma’siyatida maxluqqa itoat yo‘q» – dedilar”. 
Ibn Abu Shayba rivoyat qilgan. (Muttafaqun alayh). 
Ya’ni, bandani rozi qilaman deb, Alloh taoloni norozi qiladigan narsani qilib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 13:14 | Savol-javoblar | 144 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar