Nike, Puma, Adidas, Kito
Assalomu alaykum! Men oyoq kiyimlarga emblema ishlab chiqarish tsehida ishlayman. Ko‘pchilik odamlar kelib bizdan emblema buyurtma qilishadi va aksar xollarda dunyoda tanilgan adidas, nike, puma, kito kabi brendlarni nomini qo‘yib berishimni so‘rashadi. Meni fikrimcha bu narsa noto‘g‘ri va adolatdan emas. Men ularga bu ishlari noto‘g‘ri ekanligini va buning uchun misol qilib quyidagi maʼnodagi gaplarni aytaman "aka tasavvur qiling, siz o‘zingizni shaxsiy brendingizni yaratdingiz, uni "Shaftoli" deb atadingiz va shu brend ostida tanildingiz. Endi men endigina yangi ish boshlayapman, bozorni qarasam hamma joyda "shaftoli" brendining mahsulotlari to‘lib yotibti keyin men ham o‘zimni mahsulotimni sizning ruxsatingizsiz "shaftoli" deb atab olib yaʼni sizning brendingizni o‘g‘irlab olib o‘zimni mahsulotimni sotsam bunisiga nima deysiz endi, axir bu o‘g‘irlik emasmi?! " Deb tushuntirayapman. Ularning javobi quyidagicha "biz chet eldagi firmaning brendini yozdirayapmiz xolosku, o‘zimizning yurtimizda chiqmaydiku bu brenddagi narsalar, qolaversa ular musulmonlarga qarshi pul ham o‘tkazib berishadi, biz esa javoban shunday qilib ularni nomini "bulg‘asak" yaxshi emasmi ?" Kabi javob berishadi. Eng achinarlisi bu odamlar o‘zlarini musulmonman deya daʼvo qilishadi. Naxotki bu ishni qip qizil o‘g‘irlik ekanini anglab etish qiyin bo‘lsa?! Sizlardan so‘ramoqchi bo‘lganim menning yuqoridagi fikrlarim to‘g‘rimi? Men boshliqlar "shu ishni qilasan" deyishsa nima qilishga boshim qotayapti. Bu ishni qilay desam o‘g‘irlik bo‘lsa, o‘g‘irlik ortidan topilgan pul tatirmidi?! Bu ishni qilmay desam boshliqlarning ko‘ziga yomon ko‘rinayapman. Nima qilishga ham xayronman. Iltimos tez orada javob berasizlar degan umiddaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ishni qilib bermang. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 13:25 | Savol-javoblar | 160 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ishni qilib bermang. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 13:25 | Savol-javoblar | 160 | Moliya va tijorat