Momolar haqida

Assalamu alaykum! Men Folbin va Jin haqida to‘liq o‘qib tushundim. Bir kuni xolam “folbinning uyiga bormoqchiman” dedi. Men “bormang” deb tushuntirdim. U kishi “men fol ochtirgani emas, momolarimni yangilagani boraman. Chiroq yoqadi, boshim qattiq og‘riganda qo‘l olganman. O‘shandan beriga boraman” deydi. Mening tushinmaganim "Momolar"lar degani kimlar? Xolamning qilayotgan ishlari to‘g‘rimi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Xolangizning qilayotgan ishlari ichida kufr ehtimoli bor. U kishining “Momolari” kofir jinlardir. Maslahatchisi kofir jinlar bo‘lgan kishi haqida nima ham deya olamiz. Ularga atab chiroq yoqish kufrdir. Vallohu a’lam.

1 May 2022, 17:04 | Savol-javoblar | 174 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar