Harom puldan eyish
Assalomu alaykum. Bir insonni iltimosi ila savol bermoqchi edik. Hayrli javob umidida. Masala shuki savol bervotgan qiz 19 yoshda oilasidagila tarmoqli marketingga aralashib qolishgan bu yo‘l haromligini kitoblardan o‘qib hamda savollar.islom.uz saytidan ham bildik. Lekin oila a’zolari afsuski qizni tushunvotgani yo‘q. Boshqa birodarlari esa ro‘zg‘orga ishlatilvotgan pul hammasi shu ishdan olinmidi man halol pulga kevotganini evoman deb qasd qilgin diyishgan. Yana birlari oylik maoshizni uyizdegilaga berasizku evotgan narsamni sotvolib evoman dib niyat qilin degan. U qizni ozi ishlaydi lekin pulini uyidegilariga berishga majbur yoki yana muammo kopayib ketadi. Istihorani ham kanda qilmayabmiz ammo ustozlardan maslahat olish lozim dib bildik. 1. Harom aralashgan puldan olib kelingan narsalardan esa bo‘ladimi? 2. Ro‘zg‘orni 25-30% ga harom pul aralashsa hammasi haromga aylanadimi? 3. U qiz hozir nima qilgani ma’qul uyidan ketishi kerakmi yoki boshqa chorasi bormi? Javobingiz uchun oldindan raxmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Aynan haromidan eyish mumkin emas. 2). O‘shanchasi harom bo‘ladi. Agar aralashgan bo‘lsa va 50 foizidan ko‘pi haloldan bo‘lsa, halolidan edim deb esa bo‘ladi. 3). Bu o‘sha qizning imtihoni ekan. O‘yidan ketmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:44 | Savol-javoblar | 147 | Oila va turmush