Firibgarlarni yo‘q qilish

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda butun dunyoda firibgarlar juda ko‘payib ketgan. Bunga misol qilib 1xbet, telegramdagi botlar, investitsion saytlar (kripto valyutalar ham) bo‘lishi mumkin. Bu saytlar juda ko‘p insonlarning puli va vaqtini olib qo‘yadi va ularni aldaydi. Lekin bu kabi investitsion va boshqa saytlarni yo‘q qilish yoki kamaytirish ham mumkin. Bu masalan investitsion saytlar ribo asosida ishlashi mumkin. Shu holatda bu kabi firibgarlarga qarshi kurashish uchun ko‘p akkauntlar orqali ularning pulini tortib olish mumkin ya’ni o‘g‘rini qaroqchi urqandek gap. Bu kabi firibgarlarga qarshi yuqoridagi tartibda kurashish joizmi? Bu orqali sayt yoki botning sarmoyalari tugatiladi va boshqa ko‘plab odamlar tashrif buyurishiga imkon qoldirmaydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Siz bu fikringiz bilan “Jamiyatdagi aroqlarni piyanistalar ichib gunohkor bo‘lmasligi uchun hammasini o‘zim ichib tugatib, ichkilikbozlikka qarshi kurashaman” degandek bo‘layapsiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 01:52 | Savol-javoblar | 129 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar