Qasr namoz musofir

Assalomu alaykum! Uyim Xorazmda Toshkentga ishlagani borsam uy erda 1 oy ishlashni niyat qilib yolga chiqsam uyimdan 88 km dan keyin namozimni qasr qilib o‘qiyman to Toshkentga borishim bilan namozimni to‘liq o‘qiyman. 1 oydan keyin uyga ketmoqchi bo‘lsam ishxonadan 88 km yurganimdan keyin namozni qasr qilib o‘qiyman va uyga kelishim bilan namozimni to‘liq o‘qiyman shunday qilishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biror shahardan safar masofasini qasd qilib (masalan, Xorazmdan Toshkentga) yo‘lga chiqsangiz, 88 km yurgandan so‘ng emas, balki o‘sha shahardan chiqishingiz bilanoq  to manzilingizga etib borguncha namozni qasr qilib o‘qiysiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 06:03 | Savol-javoblar | 150 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar