Taksistlarni bozor qilib haq olishlari
Assalomu alaykum! Taksist do‘stlarimizning iltimoslariga ko‘ra savol beryapman. Taksida dostavka ya’ni etkazib berish xizmati bor. Shunda bazida shafyor o‘z yonidan pul sarf qilib biror narsa xarid qilib bozordan yoki do‘kondan olib borib beradi va shunda mijoz bu xizmat uchun yo‘l kiradan tashqari qo‘shimcha xaq to‘laydi. Ba’zan esa shunchaki olib borib beradi. Shu qo‘shimcha olingan pul ribo bo‘lib qolmaydimi? 2. Ba’zan chekka uzoq qishloqlarga borishga to‘g‘ri keladi va qaytishga mijoz u erdan bo‘lmaydi. Shunda mijoz bilan kelishilgan xolda qaytish uchun bir oz ko‘proq pul olsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Joiz, faqat oldindan xizmatini belgilab olsin, ribo bo‘lmaydi.2). “Qaytishim uchun ham pul berasiz” demasdan, “qishloqqa qimmatroqqa olib boraman” deb kelishuv qiladi. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 06:57 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar