O‘zligini anglash
Assalomu alaykum! Bir xadisni eshitgandim to‘liq manosin bilmiman lekin shunga yaqin u quydagicha "Dunyo bir matodir eng yaxshi mato bu soliha aholdir." vallohu alam shu manoga yaqin ushbu xadisda matomi yoki matoxmi agar mato yoki matox bo‘lsa undan murod nima yani biz uni qandey tushunaylik? Yani mato yoki matox nima o‘zi shuni tavilini tushuntirib bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi: وَلِلنَّسَائِيِّ وَمُسْلِمٍ: إِنَّ الدُّنْيَا كُلَّهَا مَتَاعٌ، وَخَيْرُ مَتَاعِ الدُّنْيَا الْمَرْأَةُ الصَّالِحَةُ Nasaiy va Muslimlarning rivoyatida:
«Dunyoning hammasi mato’dir. Dunyoning eng yaxshi mato’si soliha ayoldir», deyilgan.
Sharh: «Mato’» so‘zi «huzurlanish», «bahra olish» degan ma’noni anglatadi.
Ushbu hadisi sharifda bu dunyodagi narsalar mato’ligi, ularning ichida eng yaxshisi soliha ayol ekanligi haqida so‘z ketmoqda.
Bu esa ahli solih bo‘lish qanday ham yaxshi ekanligini bildiradi.
«Solih inson» deganda esa shariat tomonidan qilingan amrni bajarib, qaytarganlaridan qaytadigan va o‘z ixtiyori ila qo‘shimcha nafl amallar qiladigan kishi tushuniladi.
Solihlik fasod va yomonlikning teskarisidir.
Solihlik bandaning tuzilishida ham, qiladigan amalida ham bo‘ladi. «Sulh» so‘zi ham «saloh» so‘zidan olingan bo‘lib, kishilar orasidagi buzilgan muomalalarni tuzatishga nisbatan ishlatiladi.
Solihlik dunyo va oxirat ishlarida yaxshi bo‘lishni anglatadi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning «Dunyoning eng yaxshi mato’si soliha ayoldir», deganlari ushbu yuqorida zikr etilgan ma’nolarni o‘z ichiga oladi.
Demak, kelin tanlash vaqtida kelinning soliha bo‘lishiga qarash kerak ekan. Bu esa uning yaratilishida ham, xulqi-odobida ham etuk bo‘lishidir.
Bo‘lg‘usi kelinning solihaligini uning shariat ko‘rsatmalarini bajaribgina qolmay, balki nofila ibodat va yaxshi amallar ham qilishidan bilib olish mumkin ekan. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
14 May 2022, 14:34 | Savol-javoblar | 203 | Ruhiy tarbiya