Kafforotmi yoki faqat qazo?

Assalomu alaykum! Agar inson ro‘za tutishni niyat qilib og‘zini yopgan bo‘lsayu, lekin sog‘lig‘ida bir muammo chiqib, ya’ni oyoq suyak emirilishi tashxisi bilan lecheniya olishi kerak bo‘lib dori ichsa, qazosini tutib berish kerak bo‘ladi. 1) Meni savolim shu xolatda faqat qazosini tutib berish kerak bo‘ladimi yoki kafforot ham vojib bo‘ladimi. 2) Shunday inson sog‘lig‘i tufayli ro‘za tutmay, davolanganidan keyin qazosini tutib bersa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Faqat qazosini tutadi.2). Ro‘za tutish sog‘lig‘iga zarar beradigan bo‘lsa, qodir bo‘lganida qazosini tutib beradi. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 17:02 | Savol-javoblar | 152 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar