Hanafiy mazhabida g‘oyib bo‘lgan er hukmi
Assalomu alaykum! 1. Misol uchun bir ayoli bor er kishi safarga, g‘azotga va x.k larga ketsa va uning ayoli eri safarda yoki g‘azotdami o‘lib qoldi degan darajagacha muddat o‘tsa va ayoli boshqa erga turmushga chiqsa va o‘sha davrda 1-eri qaytib kelsa va ayolini boshqa erga teganini bilsa va ayoli xam 1-eri qaytib kelganini bilsa u ayolga qanday xukm qo‘llaniladi? 1. Zinokor 2. Bilmay qilgani uchun va eri taxminan qancha muddatda qaytishini aytmay uzoq muddatga yo‘q bo‘lgani uchun avf qilinadimi? 2. Agar 1-eri u ayoliga taloq bersa ayol iddani qaerda saqlaydi 1-erini uyidami yoki yangisinimi? 3. Shu o‘rinda ayol iddasini o‘tagach 2-eri bilan qayta nikox o‘qittiradimi yoki eru xotindek yashayveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Birinchi eri taloq berishi kerak. Taloq olgan vaqtida qaerda yashab turgan bo‘lsa o‘sha erda iddasini o‘tiradi. Ikkinchi er bilan o‘sha zahoti aloqani to‘xtatishi shart. Idda chiqsa qaytadan nikohlanishi shart. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:38 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush