Namozdagi sajdada ota-onaga duo qilish
Assalomu alaykum! Bir tanishimning aytishicha, agar banda namoz o‘qib bo‘lib so‘ngra shukr sajdasini ado qilsa, Alloh taolo banda bilan farishtalar orasidagi xijobni (ya’ni to‘siqni) ochar ekan. Shuning uchun har bir namozdan so‘ng shukr sajdasini ado etish kerak ekan. Shu to‘g‘risida ma’lumot bersangiz. Yana o‘sha tanishim, namoz o‘qish jarayonida har sajdaga borishingizda ota-onangizga mag‘firat so‘rab, bir marta "Allohummag‘firliy valivalidayya (Allohim ota-onamni mag‘firat qil!)deb duo qilib qo‘yishga odatlaning deb aytdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bular noto‘g‘ri ma’lumot. Bu duoni namozning oxirida duo qilinadigan o‘rinda qilinadi. Sajda Allohni ulug‘lanadigan maqom. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:52 | Savol-javoblar | 170 | Ibodatlar