Himolay tog‘larida 400 yilda gullaydigan gul

Assalomu alaykum! Xozirgi kunda telegramm kanallarda mana shu xabarni tarqatishayapti "Himolay tog‘larida 400 yilda bir marta gullaydigan bu gulni payg‘ambar Muhammad (SAV) guli deb atashadi. Bu haqida Mavludi sharifda ham ma’lumotlar keltirilgan. Bizning avlod ushbu gulni ko‘rishga musharraf bo‘ldi. Ushbu gullarning keyingi gullashi 2419-yilda bo‘ladi. Buni o‘zini bo‘lmasada fotosuratlarda ko‘rish nasib qilganiga Allohga behisob shukurlar bo‘lsin...". O‘zimga katta opalarim jo‘natishibdi. Shu to‘g‘risida bir nima deyishga xayronman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U gulni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ham dinimizga ham hech qanday aloqasi yo‘q. O‘sha ma’lumotni o‘zi yolg‘on bo‘lishi mumkin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:10 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar