Kinnachlikni bo‘yniga olish

Assalomu alaykum! Men yaqinda uylandim, xotinimni menga munosabati yaxshi emas. Nimaga bunday deb qarindoshlaridan so‘rasam kinnachlikni bo‘yniga olgan, odamlari bor, qarindoshini aytishicha odamlri 7ta ekan, xammsi erkak ekan. Shuni domlasiga borib orqasiga oldirib kelishi kerak ekanmish. Shunda menga nisbatan munosabati yaxshi bo‘larkan. Agar orqasiga oldirsa kasaldan boshi chiqmas ekanmish. Shu sabab oldirmiman deb aytyapdi. Bu gaplar dinimizda bor narsami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu yonidagilar jinlar. Insonni yonida jin bo‘lishi ulug‘likning alomati emas. Folbinlarni "Bo‘yniga olish kerak" degan gaplari mutlaqo noto‘g‘ri. Siz har kuni tongda quyidagi duoni o‘qing: عَنْ أَبَانَ بْنِ عُثْمَانَ، عَنْ أَبِيهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: بِسْمِ اللهِ الَّذِي لَا يَضُرُّ مَعَ اسْمِهِ شَيْءٌ فِي الْأَرْضِ وَلَا فِي السَّمَاءِ وَهُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ، ثَلَاثَ مَرَّاتٍ لَمْ تُصِبْهُ فَجْأَةُ بَلَاءٍ حَتَّى يُمْسِيَ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ  Abon ibn Usmondan, u otasi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kim «Bismillaahillazii laa yazurru ma’a ismihi shay’un fil arzi va laa fis samaai va huvas-samiy’ul aliym»ni uch marta aytsa, kechqurun bo‘lguncha unga to‘satdan keladigan balo etmaydi», deganlarini eshitdim».
«Sunan» sohiblari rivoyat qilishgan.
Demak, kim ixlos bilan ushbu hadisi sharifda kelgan duoni o‘qib yursa, unda berilgan va’dadan bahramand bo‘lar ekan. Bunga e’tiqod va amal qilishga odatlanmog‘imiz kerak.
Duoning ma’nosi quyidagicha: «Ismi birga bo‘lganda eru osmonda hech narsa zarar qilmaydigan Allohning nomi ila. U Zot o‘ta eshituvchi va o‘ta ko‘ruvchidir». ("Ruhiy tarbiya" kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:20 | Savol-javoblar | 154 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar