Namozda salomni unutib qo‘yish

Assalomu alaykum! Agar inson namoz so‘ngida Attaxiyot, Salli va Borik, Rabbano duolarini o‘qib tugatib, ikki tomonga salom berishni unutib qo‘ysa, duolarini qilib, turib ketgandan keyin esiga tushsa, bunday xollarda qanday yo‘l tutish kerak? Sajdai saxvni xam salomdan oldin qilinishini bilamiz. Agar shu xolat qo‘l ochib duo qilgan paytda, xali turib ketmagan paytda esga tushsa nima qilish kerak? O‘qigan namozimiz o‘qilgan xisoblanadimi yoki qaytadan o‘qish kerak bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vaqti chiqib ketmagan bo‘lsa qaytadan o‘qib olish kerak bo‘ladi. Chunki fiqhda namozning vojib amallaridan birortasini tark qilib, o‘qisa(oxirida sajdai sahv qilib xatosini to‘g‘rilab qo‘ymasa) vaqti chiqmagan bo‘lsa qaytadan o‘qib olish vojib deyilgan. Vaqti chiqib ketgan bo‘lsa namoz katta nuqson bilan o‘qilgan bo‘ladi, ammo qayta o‘qilmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:23 | Savol-javoblar | 140 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar