Ikkilanish vasvasa

Assalomu alaykum! Shayton juda vasavasa qilyapdi.Namoz o‘qiganimga bir yildan oshdi hozir 3-kurs talabaman matematika o‘qituvchilik bo‘yicha. Institutimda ta’lim sifati yaxshi emas.Shu sabab qo‘shimcha kurslarga borib 3,4-kurs davomida institut darsini qilmay ingliz tilini,matematikani va dinimni yaxshiroq o‘rganmoqchiman ertaga jamiyat foydali inson bo‘lish va vaqtimni behuda sarflamaslik uchun(behuda vaqt uchun ham javob berishimiz borku) Imtihonlarda telfondan foydalanganim uchun stependiya olmaydigan qilib baholarni yopdim bunday pul manga xarom bo‘lsa kerak deb lekin baribir shayton vasvasasidan qutulolmayapman.Institutimizda telfon ishlatmasdan imtihonlani yopadigan talaba yo‘q bunga insitutdagi ta’lim sifati pastligi ham sabab institutni tashlay desam ota-onamni norozi qilgan bo‘laman yaxshi o‘qiyman desam sifat pastligi,matematikani mustaqil o‘rganish qiyin bo‘lgani,ertaga o‘qtuvchi bo‘lganda foydalanmaydigan ilmlarga befoyda qiyinchilik chekish,vaqt o‘tkazish yoqmaganligi uchun umuman o‘qigim kelmay qolgan.yaqinlarim manga o‘xshab o‘qtuvchilikni bitirib kelishgan ular yaxshi o‘qigan bo‘lsa ham institut olgan bilimlari yodlaridan chiqib ketgan foydalanmaganlari uchun shuncha vaqt zehnga ertaga javob berish ham borku.Lekin manga diplom kerak chunki ko‘p yoshlarga maslahat berib ilm berib ularga yordam bergim keladi chunki ko‘p yoshlarimiz maktabda o‘qimasdan behuda vaqt o‘tkazib yurishibdi.Shular imtihonda telfon ishlatishimga sabab bo‘la oladimi stependiya kerakmas shunchaki imtihondan o‘tish uchun. Yana bir narsa so‘ramoqchi edim bir domla toqatiz etmasa so‘ramang ko‘p savol so‘rash ham yaxshi emas degandi shundan stependiyadan kechib imtihonda telfonda foydalanaveraman degandim baribir bo‘lmadi gunoh bo‘lsachi degan hayol ketmadi. Bu savolni so‘ramasam ham bo‘larmidi? Niyatim Allohni amriga ixlos bilan ko‘ngilda g‘ili-g‘ashliksiz bo‘ysinib taslim bo‘lib roziligiga erishish. Borlarizga shukur!Sizlarni Allohni O‘zi mukofatlasin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Stipendiyani olmaslik imtihonda telefon ishlatishga uzr bo‘la olmaydi. Vallohu a’lam!

12 Oktabr 2022, 00:30 | Savol-javoblar | 284 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar