Bu ham riboga kiradimi?

Assalomu alaykum! Men o‘zim ishlamayman, lekin xo‘jaynim ro‘zg‘orga deb pul bersalar azgina ortganini yig‘ib qo‘yaman. Shunday kunlari bo‘ladiki, xo‘jaynimga pul zarur bo‘lib “yoningda puling bo‘lsa ber, man sanga shu pulni yoniga qo‘shib qaytaraman” deydilar va oylik olganlarida qaytaradilar. Saytingizda ribo haqida ko‘p savol javobingizni o‘qib bizni er-xotin o‘rtamizdagi shu xolat ribo emasmi deb ikkilanib qoldim to‘g‘risi. Lekin mendagi pullar ham xo‘jaynimniki aslida, mani boshqa daromadim yo‘q, uyda o‘tiraman. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ayol kishining tabiatida ham ehson qilishga rag‘bat bo‘ladi. Mayda-chuyda ehtiyojlari ham bo‘ladi. Er shuni hisobga olib ayoliga pul ajratib turishi kerak. Bir birlaringizni rozi qilib yashasanglar bo‘ldi. O‘rni kelganda shunday qilishingizni aytib qo‘ying. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:18 | Savol-javoblar | 136 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar