Avliyolar
Assalomu alaykum, Hurmatli Shayx janoblari!Men o‘zim Tahoviy aqoidi o‘qiganman, u erda yozilganki, avliyolar bor bo‘lishligiga e’tiqod qilishlikni. Mana masalan, Imom G‘azzoliy, Bahouddin Naqshbandiy va shu kabilar. Ammo ba’zan bahs bo‘lib qoladiki, ularni avliyo deb e’tikod qilmaslikka. Ularni avliyo ekanligiga va Allohning do‘stlari ekanligiga dalil hujjat xam so‘rab qo‘yishadi. Iltimos, shu masalaga oydinlik kiritsangiz. Assalomu alaykum.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu savolingizga javob quyidagicha:Barcha mo‘minlar - avliyour rohmandirlar. Ularning Alloh huzurida hurmatliroqlari, itoatkorroqlari va Qur’onga ko‘p ergashuvchiroqlaridir. Sharh: Avliyo - valiyning jamidir. Valiy - valoyatdan olingandir. Valoyat - adovatning teskarisidir. Mo‘minlar - Allohning avliyolaridir. Alloh taolo - ularning valiysidir. Alloh ¤zining mo‘min bandalarini valiy tutadi, yaxshi ko‘radi. Ular ham Allohni valiy tutadilar, yaxshi ko‘radilar. Alloh ulardan rozi bo‘ladi. Ular ham Allohdan rozi bo‘ladilar. Kim, Allohning valiysiga dushmanlik qilsa, Alloh u odamga urush e’lon qiladi. Valoyat shariatda-Alloh taologa faqat ro‘za, namoz, umidvorlik va riyozatning ko‘pligi bilan emas, balki, osonlik va qiyinlikda muvofiq bo‘lishlikdan iboratdir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga nisbat berilib: «Qaysi bir jamoat to‘plangan bo‘lsa, unda, albatta, Valiyulloh bo‘ladi. Ular ani bilmaslar. U ham o‘zini bilmas», degan gap botildir. Muhaddislar nazdida asli yo‘q bir gapdir. Ehtimol bu gapni g‘oyib odamlar, haqida e’tiqod qiluvchi Qarmatiy mazhabidagilar to‘qigan bo‘lsalar kerak. Odamlar hech qachon basharlar ko‘zida g‘oyib bo‘la olmaydilar. Faqat farishtalar va jinlar odamlar ko‘zidan g‘oyib bo‘lishi mumkin. Bu gapni aytuvchilar o‘zi, g‘oybiy odamlar-jinlar deyishimiz mumkin. Bu gapning botilligi alomati - jamoat kofir fosiq bo‘lishi mumkinligidir. Allohning haqiqiy avliyolarining vasfi Qur’oni karimda zikr qilingandir: 1. «Albatta, Allohning avliyolariga xavf yo‘qdir va ular mahzun ham bo‘lmaslar. Ular iymon keltirib, taqvo qilganlardir. Ular uchun hayoti dunyoda va oxiratda xushxabarlar bor». (Yunus, 62-64). Ushbu oyatda Alloh taolo avval ¤z avliyolarining yaxshi oqibatlarini ularga «xavf yo‘qdir va ular mahzun ham bo‘lmaslar» (Yunus: 62) deb zikr qildi. So‘ngra: «Ular iymon keltirib, taqvo qilganlardir» (Yunus: 63) deb valiyliklari dalilini zikr qildi. Uchinchidan esa, «Ular uchun hayoti dunyoda va oxiratda xushxabarlar bor», (Yunus: 64) deb valiylik alomatlarini zikr qildi. Alloh taolo o‘z valiylariga oq sallani, yashil choponni, egri asoni, uzun tasbehni, uzoq jim qolishni, musulmonlar jamoasidan ajralib, yolg‘iz bo‘lishni alomat qilgani yo‘q. Urfdagi avliyolar, shariatda vasf qilingan avliyolar emas. Haqiqiy avliyolar sahobai kiromlar roziyallohu anhum va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlardir. Muallifning «Ularning Alloh huzurida hurmatliroqlari itoatkorroqlari va Qur’onga ko‘p ergashuvchiroqlaridir» degani, mo‘minlarning hurmatlirog‘i Allohga itoatlirog‘i, Qur’onga ergashuvchirog‘idir, degani. Ya’ni, Allohga ko‘proq toat qilgan va Qur’onga ko‘proq ergashgan mo‘min, hurmatliroq mo‘min bo‘ladi. Chunki, bundoq odam taqvoliroq bo‘ladi. Taqvoliroq esa, Allohning huzurida hurmatliroq bo‘ladi. Alloh taolo: «Albatta, Allohning huzurida hurmatlirog‘ingiz taqvolirog‘ingizdir», (Hujurot: 13) degan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Arabiyning ajamiydan, ajamiyning arabiydan, oqning qoradan, qoraning oqdan fazli yo‘qdir. Magar taqvo bilan bordir», deganlar. (Imom Ahmad rivoyat qilgan). VALIY HECh QAChON NABIY MARTABASIGA ETA OLMAYDI 102. Avliyolardan birortasini anbiyolarning birortasidan afzal ko‘rmaymiz. Bitta nabiy, hamma valiydan afzaldir, deymiz. Sharh: Ya’ni, avliyolardan birortasi, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, Anbiyo alayhissalomlarning birortasidan afzal bo‘la olmaydi, deb e’tiqod qilamiz. Agar hamma avliyolar bitta nabiy bilan solishtirilsa, nabiy ulardan ustun chiqadi va martabasi yuqori bo‘ladi, deymiz. Muallif «Ittihod» mazhabidagilarga (Banda ko‘p ibodati ila Allohga birlashib ketadi, deb e’tiqod qiluvchilarga) raddiyaga ishora qilmoqda. Shuningdek so‘filarning johillariga ham. Chunki, ular ba’zi avliyolar anbiyolardan afzal, deydilar. Ammo, haqiqiy, istiqomatdagi so‘fiylar, vahiy va shariatga amal qilishga buyuradilar. Alloh taolo xaloyiqning hammasini, jumladan, avliyolarni ham payg‘ambarlarga ergashishga amr qilgan. Alloh taolo: «Biz qaysi bir Rasulni yuborsak, albatta, Allohning izni ila unga itoat qilinishi uchun yuborganmiz», (Niso: 64) deydi. Boshqa bir oyatda esa: «Sen: «Agar Allohga muhabbat qiladigan bo‘lsangiz, menga ergashing. Alloh sizga muhabbat qiladi, gunohlaringizni mag‘firat qiladi. Alloh o‘ta mag‘firatli va o‘ta rahmlidir zotdir»-deb aytgin», (Oli Imron: 31) degan. Bas kim kufrni botin tutib, Islomni zohir qilsa (ya’ni, ichida valiyni nabiydan afzal ko‘rib, tilida nabiy valiydan afzal desa) yoki o‘zining kufr aqidasini Islom hijobi ila berkitsa, u zindiyqdir, tavbasi qabul bo‘lmas. Agar o‘z ixtiyori ila qo‘lga tushmasdan oldin tavba qilsagina, tavbasi qabul. AVLIYoLARNING KAROMATLARI 103. Ularning karomatlariga va ishonchli kishilardan to‘g‘ri qilingan rivoyatlariga ishonamiz. Sharh: Ularning ikromi uchun sodir bo‘lgan karomatlarini tasdiqlaymiz. Ammo Dajjol va unga o‘xshaganlarga sinov uchun berilgan odatdan tashqari ishlarini tasdiq qilmaymiz. Shuningdek, ulardan adolatli, ishonchli yo‘llar bilan sobit bo‘lgan rivoyatlarni tasdiqlaymiz. Har bir johil va yolg‘onchi qilgan rivoyatni emas. Yoki ularga nisbat berilgan Rasul va Nabiy shaniga loyiq narsalarni emas. Payg‘ambardan odatdan tashqari ish sodir bo‘lsa, odamlar o‘shanga o‘xshash narsani qilishdan ojiz qilsalar, mo‘’jiza bo‘ladi. Payg‘ambardan boshqa, ahli taqvo va solih odamdan odatdan tashqari ish sodir bo‘lsa, karomat bo‘ladi. Noto‘g‘ri yo‘lda yurgan odamdan shundoq ish sodir bo‘lsa, sehr yoki sinov bo‘ladi. ALLOH TAOLOGA XOS SIFATLAR HECh KIMGAMO‘’JIZA HAM, KAROMAT HAM BO‘LMAYDI Shubha yo‘qki, karomat sifatlari uchdir. 1-Ilm. 2-Qudrat. 3-Behojatlik. Bu uch narsa faqatgina yolg‘iz Allohning o‘zigagina xosdir. U zot har bir narsani o‘z ilmi bilan ihota qilgandir. U zot har bir narsaga qodirdir. U zot olamlardan behojatdir. Shuning uchun ham, Alloh taolo Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni ushbu uch narsadan voz kechishga amr qilgandir: «Sen: «Men sizlarga, Allohning xazinalari mening huzurimda demayman, g‘oybni ham bilmayman va sizlarga, men farishtaman, ham demayman. Men faqat o‘zimga vahiy qilingan narsaga ergashaman xolos»-deb aytgin». (An’om:50) Mushriklar gohida Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan g‘oyb ilmini talab qilishar edilar. «Ular sendan, (qiyomat) soatidan, uning qachon bo‘lishidan, so‘raydilar». (A’rof: 187) Gohida esa, ta’sir o‘tkazishni talab qilar edilar. «Ular, biz, to erdan bizga buloq otiltirib chiqmaguningcha iymon keltirmaymiz, dedilar». (Al-isro: 90) Gohida esa, u kishida ham bashariy hojatlar borligini ayblashar edilar. «Ular: «Bu payg‘ambarga nima bo‘ldiki, taom eb, bozorda yursa»-dedilar». (Furqon: 7) Bas, Alloh taolo Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga o‘zlari bu narsalarga molik emasliklarining, bu uch narsadan Alloh bergan miqdorgagina ega bo‘lishlari mumkinligining xabarini berishini amr qildi. Alloh bildirganicha biladilar. Alloh behojat qilganicha behojat bo‘ladilar. Alloh qodir qilgan narsaga qodir bo‘ladilar. Bas, barcha mo‘’jiza va karomatlar ushbu doiradan chetga chiqa olmaydi.KAROMAT TUShUNChASI VA UNING TURLARI «Karomat» karuma-yakrumudan olingan masdar bo‘lib, yuqorilik va sharaf ma’nosini anglatadi. Karomat shu ma’noda ikki xil bo‘ladi: 1. Asliy. 2. Kasbiy. Birinchi-asliy-karomatning misoli quyidagi oyatda: «Batahqiq, biz Bani Odamni mukarram qildik. Ularni quruqlik va dengizda ko‘tardik. Ularni pok rizqlar ila rizqlantirdik». (Al-isro: 70) Ushbu karomat mo‘min bo‘lsin, kofir bo‘lsin, bashariyatning hamma a’zolari uchun umumiydir. Ikkinchi karomat-kasbiy karomat misoli: «Albatta, sizning Alloh huzurida mukarramrog‘ingiz, taqvodorrog‘ingizdir». (Hujurot: 13) Bu karomat taqvodor mo‘minda hosil bo‘ladi. Odatdan tashqari ishlarga karomat, deyishlik majoziydir. Chunki, Alloh taolo o‘sha ishlarni taqvodor mo‘minning ikromi uchun uning tomonidan sodir etadi. Karomatning zohir bo‘lishidagi hikmat: Karomat sodir bo‘lganidan so‘ng valiyning ishonchi yana ham ziyoda bo‘lib, dunyodagi zuhdi-taqvosi kuchayib, havoyi nafs da’vosi yo‘qolishidir. Karomatlarning rostligiga dalil: 1-Alloh taoloni Bibi Maryam qissasidagi ushbu oyati: «Har qachon uning oldiga, mehrobga kirganda, huzurida rizqni ko‘rdi». (Oli Imron: 37) 2-Qur’oni karimdagi Kahf–(g‘or) sohiblarining uzun qissasi. 3-Imom Buxoriy va Imom Muslimlarning ikki «Sahih» kitoblaridagi, ustlariga xarsang tushib qolgan uch kishining qissasi. 4-«Kim Allohga taqvo qilsa, unga kushoyish beradi va hisob qilmagan tomondan rizqlantiradi», (Taloq: 2) oyati. 5-«Agar Allohga taqvo qilsangiz, sizga furqon-farqlovchi qilib beradi», (Anfol: 29) oyati. Ushbu ikki oyatda valiylikning sharti bo‘lmish taqvo zikr qilindi. So‘ngra taqvodor valiyning karomati zikr qilindi. Bu–unga hamma musibatlardan kushoyish berilishi, o‘ylamagan, bilmagan tomonidan rizqining berilishi va haq bilan botil orasini farqlovchi nurning berilishidir.
27 Aprel 2022, 23:42 | Savol-javoblar | 197 | Ruhiy tarbiya