Vaqtinchalik bankdagi hisobda pul ko‘rsatib berib haq olish

Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh hammangizni qilayotkan sayi harakatlaringizdan rozi bo‘lsin. Ribo harom. Ammo men chet elda o‘qiyman. Yilda bir marotaba viza cho‘zdirishimiz uchun bankda puli bor degan malumotnoma (20.000$) tayorlashim kerak. Lekin uncha mablag‘ yo‘q. Albatta buncha pulni 1 kunga beradiganlar bor, ammo ertasi kuni ma’lumotnomani tayorlatib bo‘lganimizdan keyin 20.200$ qilib qaytarib berish sharti bilan. Oldin qaerdadir eshitgan edim. Pulni olib boshqa valyuta to‘lasa shubhadan holi bo‘ladi deyishgandi. Shariatimiz, dinimiz doirasida biror echimi bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qilgan ishingiz sudxo‘rlik. Boshqa chorasini toping. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:31 | Savol-javoblar | 141 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar