Qovoq operatsiyasi
Assalomu alaykum! Meni qovoqlarim quyuq va osilgan. Bu men uchun hunuk ko‘rinadi. Shu bois doim qovoq ko‘targich yopishtirib yuraman. Yopishtirmasam o‘g‘il bolaga o‘xshab qolaman. Ko‘zimni ochsam kipriklarim qovog‘imga tegib g‘ashligimni keltiradi. Ko‘zim yumilib ketayotganga o‘xshaydi. Shu qovoqlarimni jarrohlik yo‘li orqali ozgina ko‘tarsam gunoh bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Chiroyli qilish uchun tishlarini orasini ochuvchilarga la’nat bo‘lsin” deganlar. O‘sha hadisdan ulamolar chiroyni hosil qilish uchun amaliyot o‘tkazish joiz emasligini olganlar. Aybni ketkazish uchun bo‘lsa joiz. Masalan beshta o‘rniga oltita barmoq bo‘lsa, burun kesilib ketgan bo‘lsa, ko‘zlari g‘ilay bo‘lsa kabilar. Sizda ham ko‘rishga xalal bersa, tug‘rilatishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:58 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar